Ob'ektlar

Ochiq hovuz

Yoz paytlarida ochiq hovuzda cho’milish yoki oftobda toblanish imkoniyati bor. Yozgi ochiq hovuz ish vaqti soat 09:00-21:00. Shuningdek mehmonlar saunadan ham foydalanishlari mumkin (qo’shimcha to’lov).

Restoran

Magnoliya restoranida soat 06:30-10:30 mehmonlar uchun nonushta yoziladi. Shuningdek, restoran biznes tushlik yoki kechki ovqat, oilaviy bayramlar va boshqa tadbirlar uchun har doim ochiq.

Bar

Mehmonxonadagi bar - Satellite 24/7 ishlaydi. Bu yerda mehmonlar shirin qahva, har xil kokteyl va shuningdek issiq ovqatlar buyurtma qilishlari mumkin.

Fitnes zal

Jismoniy holatni yaxshi ushlab turish uchun mehmonxonada fitness zal tashkil qilingan va u kecha-kunduz ishlaydi.

Bilyard

Katta televizorga ega bo’lgan bilyard xonasi mehmonlarni vaqtini maroqli o’tishiga yordam beradi va u kecha-kunduz ishlaydi.

Ochiq terrasa

Mehmonlarimiz 6 qavatda joylashgan ochiq terrasada, shaharning ajoyib panoramik manzaralaridan bahra olishlari mumkun. Terrasada qulay o’rindiqlar mavjud bo’lib, bardan yegulik va ichimliklar buyurtma berishingiz mumkin.

Sauna

Mehmonxonada kun davomida dam olishingiz uchun ikkita bug’ xona mavjud (qo’shimcha xaq evaziga).

Massaj

Mehmonxonamizda ishining mohir ustasi davolovchi massajchi- terapevtning qo’llaridan orom olishingiz mumkin.

Room Service

Xona xizmati kechayu kunduz yegulik va ichimlik buyurtmani xonaga yetkazib berish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Konferentsia zallari

KICHIK ZAL. Mehmonxonada maydoni 41m2 ega 16 kishilik yig’ilish zali mavjud. Yig’ilishlar zali proyektor, flipchart taxtasi bilan jihozlangan.

KATTA ZAL . Mehmonxonada prezentatsiyalar, seminarlar, treninglar, tashkil qilish uchun maydoni 63m2 ega bo’lgan katta konferentsiya zali mavjud. Yig’ilishlar zali proyektor, flipchart taxtasi bilan jihozlangan. Yig’ilishlar xonasining maksimal sig’imi 30-40 kishidan iborat.